Ogʻir atletika: Madina Fayzullayeva Osiyo chempioni!
 
                Xabaringiz bor, ayni kunlarda yurtimizda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 7-kungi bellashuvlarida hamyurtimiz Madina Fayzullayeva -76 kg. vazn toifasida oʻsmirlar oʻrtasida mutlaq Osiyo chempioniga aylandi.
Oʻzining barcha urinishidan unumli foydalangan Madina dast koʻtarishda 82 kg. va siltab koʻtarishda 106 kg. va ikkikurashda 188 kg. bilan oʻsmirlar (U-17) oʻrtasida mutlaq Osiyo chempioni boʻldi.
Oʻsmir qizlar (U-17) -76 kg.
Natijalar:
1. Madina Fayzullayeva — 188 kg. (82+106 Oʻzbekiston)
2. Bolortuya Lkhagvajav — 174 (77-+97 Moʻgʻuliston)
Ushbu vazning yoshlar (U-20) oʻrtasidagi musobaqada ham Madina sovrindor boʻldi. Dast koʻtarishdagi 82 kg. natijasi Madinaga yoshlar oʻrtasida bronza medalini olib berdi. ikkikurashdagi 188 kg. natijasi ham bronza medaliga yetarli boʻldi.
Yoshlar (U-20) -76 kg.
Natijalar:
1. Duangkamon Khongthong — 216 kg. (94+122 Tailand)
2. Ha Thi Hoa — 193 kg. ( 85+108 Vetnam)
3. Madina Fayzullayeva — 188 kg. (82+106 OʻZbekiston).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring