“Obod”dagi maktab 65 yil deganda yangilandi

15:40 06 Noyabr 2021 Jamiyat
695 0

Jizzax shahri “Obod” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 27- umumtaʼlim maktabining yangi binosi qurib foydalanishga topshirildi. Mazkur maktab 1956-yili mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan barpo etilgan boʻlib, oʻtgan vaqt davomida bir necha marotaba taʼmirlangan, undagi sharoit ham hamisha xaminqadar boʻlib kelgan edi. Oradan 65 yil oʻtib, mazkur eski maktab oʻrnida “Obod mahalla” dasturi doirasida ikki qavatli, 220 oʻrinli yangi va zamonaviy bilim maskani qad rostladi.

— Yurtimizda keng koʻlamda olib borilayotgan islohotlarni bugun biz oʻz maktabimiz misolida koʻrib turibmiz, - deydi mazkur maktab direktori Sevara Qarshiboyeva. — Yangi qurilgan va zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan maktabimizda oʻquvchi-yoshlarni ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida oʻqitish uchun endi barcha imkoniyatga egamiz.

Ayni vaqtda maktab hovlisida bodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari bajarilib, mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер