Obod maskanga aylanayotgan Choʻliguliston

Rustam NURMATOV/“Xalq soʻzi”. Zafarobod tumanidagi “Choʻliguliston” qishloq fuqarolar yigʻini hududida “Obod mahalla – obod xonadon – obod koʻcha“ dasturi doirasida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda 4 ta koʻchadagi ichimlik suvi tarmogʻini yangilanish, 4 ta binoni kanalizatsiya tarmogʻiga ulanish, 4 kilometr masofadagi ichki yoʻllarga asfalt yotqizish hamda piyodalar yoʻlaklarini qurish qizgʻin davom etmoqda. Aholiga maishiy va kompyuter xizmatlarini koʻrsatish shoxobchalarini barpo etish ham boshlab yuborildi.
Albatta, obod boʻlayotgan maskanda taʼlim muassasasi eʼtibordan chetda qolgani yoʻq. 12-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining sport zali toʻliq qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.
Bundan tashqari, dastur doirasida ariqlarni tozalash, koʻcha va guzarlarni obodonlashtirish, yoʻl boʻyidagi aholi uylari, yolgʻiz yashovchi keksalar xonadonlarini tartibga solish, taʼmirlash, ichimlik suvi hamda elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlardan barcha mamnun.
Aholi salomatligini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tuman tibbiyot birlashmasi shifokor va hamshiralari “Choʻliguliston”dagi har bir xonadonga kirib, oila aʼzolarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazyapti. Sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish, xonadonlar pokizaligi va ozodaligini saqlash, fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari ham tashkil etilmoqda.
Umuman olganda, “Choʻliguliston” nomiga monand tarzda obod maskanlardan biriga aylanib boryapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring