Nurotada sayyor uchrashuv oʻtkazildi

15:19 24 Dekabr 2021 Jamiyat
774 0

Navoiy viloyati prokurori, 2-sektor rahbari Baxtiyor Ahmedov Nurota tumanidagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida aholi bilan sayyor uchrashuv oʻtkazdi.

Qabul va yoshlar bilan uchrashuv jarayonida 86 nafar yoshlar va fuqarolar ishtirok etib, 16 nafar shaxslardan turli masalalar boʻyicha 16 ta muammolarni hal etish haqida murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlar asosan ish bilan taʼminlash, kredit ajratish, tabiiy gaz, nafaqa tayinlash, sogʻliqni saqlash, tadbirkorlik uchun yer yoki bino ajratish va boshqa masalalariga taalluqli boʻlib, ularning 3 tasi joyida qanoatlantirildi, 6 tasiga asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi va 7 tasining ijrosi nazoratga olindi.

Misol uchun, fuqaro T. Burxonovning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bino lozimligi haqidagi murojaatiga asosan mahalla hududida boʻsh turgan sartaroshxona binosi foydalanish uchun berildi.

Shuningdek, fuqaro D. Rajabovaning nogironligi boʻlgan qiziga dori-darmon sotib olish uchun moddiy yordam soʻrab yoʻllagan murojaatiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan 1,5 mln. soʻm moddiy yordam ajratish boʻyicha hujjatlari rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, tumandagi 2-sektor hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер