Nurafshonda sessiya boʻlib oʻtmoqda
Nurafshonda Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining 42-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Bu yaqinda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Zoyir Mirzayevning birinchi siyosiy yigʻinidir.
Hududning barcha hokimliklari, idoralari, korxona va tashkilot rahbarlari, mahalliy Kengash deputatlari ishtirok etаyotgan bugungi tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasini ijrosini taʼminlash boʻyicha mahalliy Kengashlarda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida, xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish, 2021-yil uchun tasdiqlangan “Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish va rivojlantirish” dasturi ijrosini oʻrganish kabi oʻndan oshiq masalalar muhokama qilinyapti.
Sessiya viloyatning kelgusi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim jarayonni boshlab beradi. Chunki viloyatning yangi rahbari bugungacha aholi bilan oʻtkazgan barcha muloqotlarida islohotlarni jadallashtirish, kamchilik va nuqsonlarni tezda bartaraf etish borasida amaliy natijalarni ilgari surmoqda.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring