Nurafshonda hokim yordamchisi 2 ming dollar pora bilan ushlandi
Mansab mavqeidan foydalangan hokim yordamchisi qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda “Xavfsizlik” Telegram-kanali.
Unda aytilishicha, Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan birining hokim yordamchisi Toshkent shahrida yashovchi fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyishini vaʼda qilib, oʻz “xizmati” evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan hokim yordamchisi soʻralgan pulni oʻzining tanishlari orqali olgan vaqtida ushlangan.
Maʼlumot uchun, ushbu shaxs muqaddam bir necha marotaba sudlangan boʻlgan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring