Nukusda “Ijodkor oʻqituvchilar” V olimpiadasining respublika bosqichi oʻtdi

15:13 21 Noyabr 2025 Jamiyat
257 0

Nukus shahridagi 55-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Ijodkor oʻqituvchilar” V olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Nukus shahri va tuman bosqichlarida gʻolib deb topilgan maktab jamoalari belgilangan shartlar asosida oʻzaro bellashdilar.

Qizgʻin va ruhlantiruvchi tarzda kechgan musobaqa yakunida Qoʻngʻirot tumanidagi 46-sonli maktabning “Ilgʻor pedagoglar” jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Ikkinchi oʻrinni Kegeyli tumani 1-sonli maktabining “Qoraqalpoq qizlari” jamoasi, uchinchi oʻrinni esa Taxiatosh tumani 6-sonli maktabining “Maʼrifat yulduzlari — 2025” jamoasi egalladi.

Gʻoliblar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Gʻayrat OTAJONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?