Nogironlarga aravacha va ortopediya vositalari topshirildi
Foto: "Xalq so'zi"
Namanganda 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni oldidan aholining ushbu qatlami vakillari xonadoniga yoʻqlovlar yanada qizgʻin pallaga kirdi. Viloyat Nuroniylar kengashi tashabbusi bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi boʻlimi hamda tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi hamkorligida nogironligi bor fuqarolarga maxsus aravacha, eshitish moslamalari, oziq-ovqatlar va boshqa muruvvat sovgʻalari topshirilmoqda.
Ulardan biri – Namangan shahri Obod mahallasida yashovchi Maʼmuraxon aya Karimova nafaqaga chiqquniga qadar xalq taʼlimi tizimida ishlagan, insult kasalligidan soʻng harakatlanishida jiddiy muammo paydo boʻlgan edi. 64 yoshli bu onaxon ham maxsus aravachasi bilan taʼminlandi. Uning mahalladoshi Boqiya Egamova hamda uychilik Baxtiyor Dehqonov, Hamroxon Xalilovalarning ham endi shunday aravachasi bor.
Viloyatda ushbu hafta davomida 200 nafardan ortiq nogironlar xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar olish, qator saxovat tadbirlarini oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring