Navoiyda jinoyatlarni jilovlash maqsadida tungi kengaytirilgan profilaktik tadbirlar tashkil etildi
 
                Navoiy viloyati IIB, Navoiy viloyati Prokuraturasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy shahar hududida, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikda profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash hamda jinoyatchilikni oldini olish shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish maqsadida, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, Navoiy viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyonining patrullikka xizmatga jalb etilgan xodimlariga, Patrul–post xizmati saf boʻlinmalarining koʻcha va jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash,  fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek
huquqbuzarliklarning oldini olish borasida hamda shaxsiy xavfsizlikni taʼminlagan holda xizmat olib borish yuzasidan xizmat oldi yoʻriqnoma berildi.
Har bir bosqichga xizmatga jalb etilgan xodimlarga respublika miqyosida sodir boʻlayotgan salbiy holatlar yetkazilishi taʼminlab borildi. Koʻcha va jamoat joylarida shubha uygʻotganligi va huquqbuzarlik sodir etganligi uchun fuqarolar ichki ishlar organlariga olib kelinib, shaxslariga aniqlik kiritilib, belgilangan tartibda qonuniy chora koʻrildi.
Tungi vaqtda qarovsiz yurgan voyaga yetmaganlar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga hamda mastlik holatida boʻlgan fuqarolar Navoiy shahar Narkologiya dispanserlariga yotqizildi. Koʻcha va jamoat joylarida bemaqsad yurgan, yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar aniqlanib reabilitatsiya markazlariga joylashtirildi. Noxush holatlarni oldini olish maqsadida buklet va flayerlar tarqatildi. Shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida hududlardagi kafe-bar, dorixona va savdo doʻkonlari egalari bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi. Mazkur joylarda oʻgʻirlik jinoyatlarini oldini olish maqsadida Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati pultiga ulanish, videokuzatuv kameralari afzalliklari va oʻrnatish choralarini koʻrishlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Idoraviy qorovullik boʻlinmalarida xizmat olib borayotgan obyekt qorovullarining xizmat faoliyati oʻrganilib, koʻcha va jamoat joylarida mast holda yotgan fuqarolar tibbiy yordam koʻrsatish markazlariga yotqizildi.
Navoiy viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni xodimlari tomonidan ”Xavfsiz tun” tadbiri davomida xizmat yoʻnalishlarida mavjud boʻlgan fuqarolarning qarovsiz qoldirilgan shaxsiy buyumlari jumladan bolalar aravachasi, velosipedlar hamda ochiq holda tashlab ketilgan avtomashinalar aniqlandi, ularni egalariga topshirish choralari koʻrildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring