Navoiyda mahalla raisi saylovlari konchilardan boshlandi

18:10 06 May 2025 Jamiyat
160 0

Temur Eshboyev/“Xalq soʻzi”. 2025-yil 1-maydan boshlab yurtimizdagi 189 ta tuman va shaharning 193 ta mahallasida fuqarolar yigʻini raislari saylovi boshlandi.

Shu kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi Konchilar mahallasida ham navbatdagi saylov boʻlib oʻtdi. Unda uch nafar nomzod oʻz dasturlari bilan saylovchilar oldida chiqish qildi.

— Shahrimizda mustaqillikka qadar mahalla instituti umuman boʻlmagan, — deydi raislikka nomzod Dilnoza Suvonova. — Faoliyat koʻrsatgan kommunal xoʻjaliklar esa faqatgina turli toʻlovlarni yigʻish hamda aholining mazkur yoʻnalishlardagi muammolari bilan mashgʻul boʻlishgan. Oʻtgan davr ichida shahrimizda mahallalar faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi aholining ishonchini qozonib, tom maʼnoda suyanchigʻiga aylandi, desam yanglishmayman.

Saylovda ishtirok etgan vakillar nomzodlarning dasturlarini muhokama qilib, oʻz fikr va takliflarini bildirdilar hamda munosib deb topgan nomzodga ovoz berdilar. Yakuniy natijalarga koʻra, Dilnoza Suvonova Konchilar mahallasi raisi etib saylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер