Navoiyda xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar va inspektor psixologlar ish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha oʻquv-amaliy seminari oʻtkazildi

15:30 20 Fevral 2023 Jamiyat
573 0

Navoiy viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan “Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar va inspektor psixologlar ish faoliyatini samarali tashkil etish”ga qaratilgan oʻquv-amaliy seminari oʻtkazildi.

Unda viloyatdagi barcha xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar, voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar hamda MMI va KBTX xodimlari ishtirok etishdi.

Dastlab viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, JXX boshligʻi U.H.Adizov seminarni kirish soʻzi bilan ochib bergach, oʻz nutqida seminar oʻtkazilishdan maqsad, vazirlik rahbariyati tomonidan xodimlarga qoʻyilayotgan talablar, voyaga yetmaganlar, yoshlar va xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish borasida fikr va tavsiyalarini berib oʻtdi.

Viloyat IIB JXX HPB boshligʻi A.A.Rafiyev oʻquv amaliy seminarining ahamiyati, xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, yuklatilgan vazifalari, taʼlim muassasalarida “Davomat”, “Tigʻ” va “Oriyat” tadbirlarini samarali oʻtkazilishi, nizoli oilalar bilan ishlash mexanizmi toʻgʻrisida topshiriqlar berdi.

Shundan soʻng, Karmana tumani IIB HPB XQMB katta inspektori M.Bevutova va Navoiy shahar IIB HPB VEMB inspektor-psixologi S.Abdullayevalar tomonidan xodimlarning kunlik, haftalik va oylik bajaradigan ishlari, ahamiyat qaratilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan prezentatsiya qilindi.

Navoiy viloyati IIB MMI va KBTX katta psixologi M.A.Orziyevaning “Yoshlar va ularning ota-onalari bilan psixologik ishlarni tashkil etish” mavzusidagi treningi xodimlar xizmat faoliyatida eʼtibor qaratishlari lozim boʻlgan jihatlar toʻgʻrisida tushunchaga ega boʻlishdi.

Savol-javoblar va qizgʻin bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtkazilgan mazkur seminarda xodimlar xizmat jarayonida duch keladigan muammolar, ularni yechimi borasida fikr almashildi.

Navoiy viloyati IIB MMI va KBTX boshligʻining oʻrinbosari S.A.Dushanova xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ №10-sonli qarori mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.

Oʻquv amaliy seminari yakunida xodimlarga “Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar va inspektor psixologlar ish faoliyatini samarali tashkil etish” boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar hamda inspektorlarning bir kunlik vazifalari koʻrsatilgan bukletlar tarqatildi.

Seminardan soʻng xodimlar bilan saf koʻrigi va saf mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?