Navoiyda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi boʻlgan sobiq murabbiy ushlandi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tuman boʻlimi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Vatanparvar” tashkiloti Navbahor tuman oʻquv sport texnika klubi sobiq murabbiyi T.Q. fuqaro J.ga avtomaktabda boʻlib oʻtayotgan oʻquv guruhiga uni navbatsiz kiritish va haydovchilik guvohnomasiga “D” va “Y” toifasini qoʻshish evaziga 3,3 mln soʻm va 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring