Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida xalqaro ingliz tili taʼlim loyihasi joriy etildi
Mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida integrallashuvni chuqurlashtirish, xalqaro mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim jarayonini takomillashtirish hamda ilmiy-metodik bazani mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda oliy taʼlim muassasalariga sifatni taʼminlash va uni uzluksiz yaxshilash mexanizmlarini joriy etishda muayyan mustaqillik va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bu borada Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida joriy etilgan AQSHning “World Learning, Inc.” notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan ingliz tili taʼlim loyihasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
— Ushbu loyiha “World Learning, Inc.” tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda, — deydi universitet rektori Baxtiyor Mardonov. — Loyiha doirasida 2025-yil 10–20-noyabr kunlari oflayn oʻquv kurslari tashkil etildi. Unda universitetimiz hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJdan 30 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashib, oʻquvlarni muvaffaqiyatli yakunladi va tegishli sertifikatlarga ega boʻldi.
Loyihaning keyingi bosqichida oʻquv kurslari 15-fevraldan 2-maygacha onlayn shaklda davom ettiriladi. Mashgʻulotlarni yuqori saviyada va tizimli tashkil etish maqsadida loyihaning Toshkentdagi vakolatxonasi hamda xalqaro notijorat tashkilot vakillari ishtirokida maxsus seminar oʻtkazildi.
Dasturning asosiy maqsadi — Oʻzbekiston boʻylab 500 nafargacha kon sanoati mutaxassislari, olimlar hamda konchilik yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun aniq manzilli ehtiyojlarga mos ingliz tili taʼlimini taqdim etishdan iborat.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring