Namangandagi maktabda dzyudo zali foydalanishga topshirildi

14:13 01 Iyun 2022 Jamiyat
971 0

Foto: «Халқ сўзи»

Umumtaʼlim maktablari moddiy-texnik imkoniyatlarining mustahkamlanishi oʻqish va oʻqitish, jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish ishlarini yuqori darajaga koʻtarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 52 – umumtaʼlim maktabida Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan tuzilgan memorandum asosida qurib, jihozlangan zamonaviy sport zali oʻquvchilar uchun sportning ayni turi bilan shugʻullanish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Inshootning tantanali ochilish marosimida xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov, dzyudo federatsiyasi prezidenti Aziz Kamilov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sherzod Toshmatov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Dzyudo federatsiyasi “Falcon Hunting Solutions” kompaniyasi hamkorligida maktabning boʻsh turgan maydonida bunyod etilgan, 144 ta tatami bilan jihozlangan ushbu inshoot yuvinish, kiyim almashtirish, trenajyor xonalarini oʻz ichiga olgan hamda toʻliq isitish tizimiga ulangan. Sport zali yonida sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi ham barpo etildi. Bu ishlar uchun qariyb 3 milliard soʻm miqdorida mablagʻ yoʻnaltirildi.

Q. NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер