Namanganda “Qurʼoni Karim” kitobining qoʻlyozma nusxasi oʻgʻirlandi
2022-yilning 9-avgust kunidan 10-avgust kuniga oʻtar kechasi soat 00:04larda nomaʼlum shaxslar Chortoq tumani Baliqkoʻl MFYda joylashgan «Sulton Uvays Qaraniy» ziyoratgohida mavjud boʻlgan “Qurʼoni Karim” kitobining qoʻlyozma nusxasini oʻgʻirlab, nomaʼlum tomonga yashiringan.
Mazkur holat Namangan viloyati Prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «v»,«g» bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda jinoyatni sodir etgan nomaʼlum shaxslarni qidirib topish yuzasidan tashkil etilgan guruh tomonidan tezkor-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Qidiruv ishlarining natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etamiz, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring