Namanganda oilaviy bog‘cha bolalari tortdan zaharlandi
Arxiv foto
25 iyul kuni Namangan viloyati Uychi tumanidagi oilaviy bog‘chada bir guruh bolalar tortdan zaharlangani aniqlandi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar bermoqda.
Tumanning «Gulshan» oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 15 nafar tarbiyalanuvchisi oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi, ovqat toksikoinfeksiyasida gumonlanib, tuman tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limiga yotqizilgan.
«O‘rganish natijasida muassasa tarbiyalanuvchilaridan birining ota-onasi farzandining tug‘ilgan kuniga sifatsiz tort shirinligi olib kelingani va u tarbiyachi tomonidan o‘zboshimchalik bilan bolalarga berilgani aniqlangan», — deyiladi xabarda.
Shifoxonada bolalarga zarur muolajalar ko‘rsatilib, o‘sha kunning o‘zida — ikki soatdan so‘ng 13 nafarining holati yaxshilangani sababli uylariga ketishi uchun shifokorlar ruxsat bergan. 2 nafar bolaga esa butunlay sog‘ayganidan keyin, 26 iyul kuni javob berilgan.
Boshqarma xabariga ko‘ra, hozirda bolalarning hammasi sog‘lom va ular oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qaytarilgan. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullari ta’lim muassasalariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ogohlantirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring