Namanganda meva narxiga kelisholmay qolgan 3 yigit janjallashdi
Namanganda 14-noyabr kuni meva narxi boʻyicha kelisholmay qolgan 3 yigit janjallashib ketdi. Bu holat boʻyicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Xabarga koʻra, 14-noyabr kuni soat taxminan 08:00 atrofida Namangan shahridagi Sharq tongi mahallasi Alisher Navoiy koʻchasida shu shaharda yashovchi, “Chorsu” dehqon bozorida meva sotadigan fuqaro, avvaldan tanish va oʻzaro adovatda boʻlgan 3 yigit meva mahsulotlarining narxi yuzasidan oʻzaro kelisholmay, janjallashib, fuqarolar tinchini buzgan.
Ularning xatti-harakatida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)da koʻrsatilgan alomatlar borligi tufayli tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring