Namanganda “Koʻmir taʼminot” mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Videodan kadr
“Koʻmir taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyati Namangan viloyat filiali boshligʻi oʻrinbosariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, u oʻzining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni viloyatdagi tumanlardan birining koʻmir ombori rahbari lavozimiga tayinlash hamda omborga keluvchi koʻmir ortilgan yuk vagonlari sonini koʻpaytirib berish evaziga 40 ming dollar talab qilgan.
Joriy yilning 6-dekabr kuni u soʻralgan pul mablagʻidan 25 ming dollarini filial ishchisi orqali olib, fuqaroni ombor mudiri lavozimiga tayinlanishini taʼminlagan.
Keyinroq esa mansabdor shaxs qolgan 15 ming dollar hamda omborga koʻmir ortilgan 30 ta vagon yuborgani uchun ulush sifatida 7,5 ming dollari, jami 22,5 ming dollari berishini talab qilib, oʻzining vositachisi boʻlgan filial ishchisi orqali ushbu pul mablagʻini olgan vaqtida DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
“Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida aholiga koʻmir mahsulotlarini oʻz vaqtida va imtiyozli narxlarda yetkazib berilishi yoʻlga qoʻyildi”, deyiladi DXX xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring