Namanganda Xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik boshlandi
Foto: Халқ сўзи
Namangan shahri va aholi xonadonlarini yashnatib turgan gulu chechaklar namoyishi bilan oʻtkaziladigan Xalqaro gullar festivali nainki hamyurtlarimizni, balki olis horijliklarni ham chorlayotgani ayni haqiqat. Buni joriy yilning may oyida oltmishinchi bor nishonlangan katta bayramning rango-rang tadbirlari yana bir bor isbotladi. Ayni paytda mehmondoʻst shahar 2022-yilda tashkil etiladigan navbatdagi festival tadorigiga kirishgan.
Navbatdagi festivalda uzoq yillik anʼanaga qaytib, Namangan atirgullaridan iborat alohida ekspozitsiya tashkil etiladi. Uni toʻldiradigan turfa rang, turfa navdagi koʻchatlar koʻplab xonadonlar, maxsus gulxonalarda parvarish qilinmoqda. Muhimi, bayramning asosiy tadbirlari oʻtadigan Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻini nafosat bayramiga har qachongidan boshqacha koʻrinishda tayyorlash rejalashtirilgan.
- May oyida oʻtgan festivalda bir millionga yaqin odam keldi. Yangi yilda ham shunday boʻladi. Shundan kelib chiqib, astoydil mehnat qilmoqdamiz. Gul turlarini koʻpaytirishga eʼtibor qaratilyapti, soni ham yetarli boʻladi, - deydi ustazoda gulchi Obidxon Karimov.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring