Namanganda ilmiy hamkorlikning yangi ufqlari ochilmoqda
Qudratilla Najmiddinov/«Xalq soʻzi». Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Fizik tadqiqotlar va muhandislik texnologiyalari muammolari” (PRETP – 2024) xalqaro ilmiy anjumani oʻtkazildi. Unda oʻndan ortiq mamlakatlardan, jumladan, Zambiya, Belarus, Malayziya, Hindiston, Bangladesh kabi davlatlardan yetakchi olimlar oʻz ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi. Ishtirokchilar taʼkidlaganidek, tadbir ilmiy hamkorlikni xalqaro darajada mustahkamlash, yangi gʻoyalar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun muhim platformaga aylandi. Chuqur poydevorli maʼruzalar va munozaralar fizika va muhandislik sohalarida yangi izlanishlarni ragʻbatlantirishga qaratilgan boʻlib, anjumanning ilmiy darajasini yanada oshirishga xizmat qildi.

– PRETP – 2024 singari anjumanlar biz olimlar uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi, – deydi Malayziyadan tashrif buyurgan taniqli olima Sakina Abdulloh. – Bu yerda biz nafaqat yangi ilmiy natijalar bilan tanishib qolmay, global muammolarni birgalikda hal qilishga yoʻnaltirilgan innovatsion loyihalar oʻrtaga tashlandi. Namangan muhandislik-texnologiya institutida tashkil etilgan ushbu tadbir mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirib, ilmiy izlanishlarimizni yangi bosqichga olib chiqadi, deb ishonaman.

Anjumanda koʻtarilgan masalalar, jumladan, yangi texnologiyalarni joriy etish, fizik tadqiqotlar sohasidagi yangiliklar va ilmiy innovatsiyalar boʻyicha munozaralar olimlar oʻrtasida keng muhokama qilindi. Ular bu yerda tilga olingan yangi ilmiy kashfiyotlar va innovatsion loyihalar oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirishga turtki boʻlishini alohida taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring