Namangan – Ivanovo: hamkorlik aloqalari yangi bosqichda
Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasida rasmiy safarda boʻlib turgan Namangan viloyati delegatsiyasi Ivanovo viloyatidagi tekstil korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Taʼkidlash lozimki, har ikki viloyat iqtisodiyotida toʻqimachilik va mato ishlab chiqarish sohasi yetakchi oʻrinni egallab, mintaqalar oʻrtasida mustahkam aloqa oʻrnatilgan. Tashrifning birinchi kunida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Ivanovodagi “OTK Proizvodstvo” kompaniyasi rahbari Artur Arakelyan bilan uchrashdi.
Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, mazkur investor tomonidan Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Runamteks” xorijiy korxonasi tashkil etilib, bugungi kunga qadar umumiy qiymati 40 mln. dollarlik ikkita yirik tekstil fabrikalari ishga tushirilgan. Ularda oyiga 2-3 mln. dollarlik mahsulot eksportga chiqarilmoqda.
Muzokaralar davomida Toʻraqoʻrgʻon tumaniga yana 50 mln. dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritib, uchinchi yirik toʻqimachilik fabrikasini qurishga kelishildi. Loyiha doirasida 1,5 mingta yangi ish oʻrinlari hamda yillik 35-40 mln. dollarlik eksport hajmi yaratiladi.
Tashrif kun tartibi doirasida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov va Ivanovo viloyati gubernatori Stanislav Voskresenskiy oʻrtasida ham uchrashuv boʻlib oʻtdi.
—Hudud yetakchilarining oʻzaro muloqotida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlashning yangi qirralari muhokama etilib, ayni yoʻnalishda uzoq muddatga moʻljallangan kelishuv imzolandi, — deydi Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Okibjon Inomov. — Unda sohalararo tajriba almashuv, yangi investitsiyalarni jalb etish, yirik korxonalar oʻrtasida mahsulot ayirboshlash va boshqa oʻzaro manfaatli masalalar oʻrin olgan.
Ayni paytda Namangan viloyati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi II hududlar Kengashidagi ishtiroki davom etmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring