Namangan Futbol akademiyasi foydalanishga topshirildi

17:03 27 May 2025 Jamiyat
20 0

Namangan shahar Davlatobod tumanida “Navbahor” professional futbol klubi akademiyasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida sportning yetuk vakillari, taniqli faxriylar, futbol ishqibozlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

— Klubning oʻz akademiyasiga ega boʻlgani tarixiy sana sifatida qayd etiladi, — deydi “Navbahor” PFKning masʼul xodimi Ulugʻbek Umarov. — 12 milliard 500 million soʻm evaziga barpo etilgan mazkur oʻquv dargohi 154 oʻringa ega. Mashgʻulot maydoni, oʻquv zallari, tibbiy va reabilitatsiya markazi yangi akademiya tinglovchilari ixtiyorida.

Namanganlik yoshlar barcha qulayliklar muhayyo qilingan sharoitda taʼlim olish va iqtidorini namoyish etgan holda orzularining roʻyobi sari dadil odimlash imkoniyatiga ega boʻldi.

Muhiddin MAGʻZUMOV,

jurnalist.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер