Nafislik va salomatlik manbai

22:25 07 Mart 2025 Sport
227 0

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan stol tennisi, shaxmat-shashka bo‘yicha turnirning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

“Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqalarda 150 nafarga yaqin xotin-qizlar g‘oliblik uchun kurashdi.

Qiziqarli kechgan bahslar yakunida stol tennisi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi vakili M.Rahimova, shaxmat musobaqalarida Toshkent mexanika zavodi xodimi T.Qurbonova, shashka bahslarida “O‘zmetkombinat” xizmatchisi Z.Hakimova g‘olib bo‘ldi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?