Nafas yoʻlida surunkali kasalliklari borlar changli havoda tashqariga chiqmang — “Sanepidqoʻmita”

Havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik – derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkin. “Sanepidqoʻmita” bunday paytda nima qilish kerakligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, changli havoda quyidagi chora-tadbirlarni koʻrishni tavsiya qilingan:
- koʻchaga iloji boricha kamroq chiqish;
- ishga, oʻqishga, xarid uchun koʻchaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
- koʻchadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-koʻzlarni yaxshilab yuvish);
- kalit, koʻzoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
- koʻchaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish;
- ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;
- nim taʼsir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
- koʻproq suyuqlik (iliq) ichish, iloji boʻlsa koʻk choy, naʼmatak damlamasini ichish;
- yogʻli, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, shoʻr, achchiq taomlarni cheklash;
- suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boshqalar), koʻkatlarni isteʼmol qilish.
- changni koʻp toʻplanishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni toʻgʻri tozalash kerak:
- uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
- chang yigʻilishi mumkin boʻlgan hamma narsalarni chang yutkich yordamida tozalash kerak (gilam, yumshoq mebel, yumshoq oʻyinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan oʻralishi tavsiya etiladi.
- Chang yigʻilishi mumkin boʻlgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;
- oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qoʻyish kerak;
- xona havosi optimal namligini taʼminlash: hoʻl sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sigʻimli idishlarga suv solib qoʻyish.
Shuningdek, “Sanepidqoʻmita” nafas yoʻli surunkali kasalliklari bor yurtdoshlarimizga changli havoda tashqariga chiqmaslikni tavsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring