Muxtor Ashrafiy tavalludining 110-yilligiga bagʻishlab tanlov eʼlon qilinadi
Foto: Arxiv surat
Madaniy meros agentligi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi hamda Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi tomonidan Xalq artisti, Davlat va Xalqaro mukofotlar sovrindori, kompozitor va dirijyor, pedagog va jamoat arbobi Muxtor Ashrafiy tavalludiga 110-yil toʻlishi munosabati bilan yosh kompozitorlar kamer cholgʻu asarlari Respublika tanlovi eʼlon qilinadi.
Tanlovda 20 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan kompozitorlar oʻzlarining Muxtor Ashrafiy asarlari ohanglari asosida, yorqin milliy ruhda yaratgan, turli cholgʻular uchun moʻljallangan kamer asarlari bilan qatnashishlari mumkin.
Tanlov natijalari 12-dekabr kuni eʼlon qilinadi. Gʻoliblar maxsus diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan nomzodlar 2022-yil 1-dekabrga qadar tashkiliy qoʻmitaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
— Ariza-soʻrovnoma;
— Pasport / ID karta nusxasi;
— Rasm 9x12;
— Asarning pdf formatida nota namunasi va sifatli mp3 yozuvi.
Maʼlumot uchun tel: (71) 233-20-28
Telegram raqam: +99 890 355-06-61
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring