Mojarolar tufayli dunyo boʻylab 100 million odam oʻz uyini tark etgan. Bu rekord koʻrsatkich

Foto: РИА «Новости»
Qurolli toʻqnashuvlar, zoʻravonlik, inson huquqlari buzilishi va taʼqiblardan qochishga majbur boʻlganlar soni kuzatuvlar tarixida birinchi marta 100 milliondan oshdi.
Birlashgan Millat Tashkiloti (BMT) qochqinlar agentligi tomonidan maʼlum qilinishicha, bunga Ukraina hududida Rossiya tomonidan oʻtkazilayotgan “maxsus harbiy amaliyot” ham sabab boʻlgan.
“Bu halokatli mojarolarni hal qilish va oldini olish, taʼqiblarni tugatish va begunoh odamlarni oʻz uylarini tashlab ketishga majbur qilayotgan asosiy sabablarni bartaraf etish uchun uygʻotuvchi qoʻngʻiroq boʻlishi kerak”, deydi BMTning qochqinlar boʻyicha Oliy komissari Filippo Grandi.
Qayd etilishicha, Efiopiya, Burkina-Faso, Myanma, Nigeriya, Afgʻoniston va Kongodagi qurolli toʻqnashuvlar va inqirozlar ham qochqinlar sonining koʻpayishiga sabab boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring