Moskvada Oʻzbekistonning madaniy merosi va sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan koʻrgazma taqdim etildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Moskva shahrida oʻtkazilgan Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi (VDNX) da mamlakatimizning madaniy merosi va sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan pavilyon tashkil etildi.
Koʻrgazmaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev, Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov hamda Moskva meri Sergey Sobyanin ishtirok etdi.
Pavilyon 5 ta koʻrgazma zalidan iborat boʻlib, ularda anʼanaviy oʻzbek rangtasviri va eng yaxshi yogʻoch oʻymakorligi aks etgan mahsulotlar namoyish etildi. Shuningdek, oʻzbek milliy kulolchilik buyumlari, zardoʻzlik mahsulotlari, qoʻlda toʻqilgan ipak gilamlarni koʻrish mumkin.
“Oʻzbekistonning turistik salohiyati” zalida esa Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon shaharlarining tarixiy joylariga virtual sayohat qilish va milliy turoperatorlar takliflari bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.
Shuningdek, yangilangan pavilyonda muzokaralar, taqdimotlar, biznes-seminarlar va mahorat darslari uchun zamonaviy biznes maydoni tashkil etilgan, badiiy galereya va art kafe tashkil etilgan.
Madaniy meros koʻrgazmasini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi va Badiiy akademiya bilan hamkorlikda zamonaviy sanʼat va hunarmandchilik mahsulotlari, eksponatlar va asl nusxadagi rasmlar koʻrgazmaga qoʻyilgan
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring