Moskva va Mineralniye Vodi shaharlaridan Toshkentga uchgan samolyotlar muqobil aerodromga yoʻnaltirildi
Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasining Mineralniye Vodi — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha AZ 0681 reysi ob-havo sharoiti, xususan, kuchli shamol va koʻrish imkoniyatining pastligi tufayli Navoiy aeroportiga joʻnatildi.
Bortida 91 yoʻlovchi boʻlgan Sukhoi Superjet 100-95B samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 12:19 da Navoiy xalqaro aeroportiga qoʻndi. Ob-havo yaxshilangach, samolyot soat 13:23 da qayta Toshkentga uchib ketdi.
Shuningdek, bugun soat 05:42 da ob-havo sharoiti tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY 602 Moskva — Toshkent reysini amalga oshirayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Navoiy aeroportiga borib qoʻndi. Biroz vaqat oʻtgach, ob-havo sharoiti yaxshilangandan soʻng bortida 226 yoʻlovchi boʻlgan samolyot Toshkent aeroportiga ucha oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring