Moskva Kiyev bilan muzokaralar stoliga oʻtirish niyatida emas — Ushakov
Kreml AQSH va Rossiya vakillarining Mayamida boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida Ukraina bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara oʻtkazishni rad etdi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, AQSHda boʻlib oʻtayotgan Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralar ijobiy yakun topmagan. Mazkur uchrashuvda AQSH nomidan Donald Trampning maxsus maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Jared Kushner, Moskva nomidan esa Kirill Dmitriyev vakillik qilmoqda.
Moskva vakili mazkur muzokaralar haqida fikr bildirar ekan, tinchlikning haqiqiy istiqbollarini koʻrmayotgani hamda keyingi harakatlar nomaʼlumligicha qolayotgani haqida gapirgan.
Kirill Dmitriyevning mazkur soʻzlari AQSHda oʻtkazilayotgan muzokaralardan ijobiy natija chiqmasligi haqidagi shubhalarni orttirib yuborgan. Shuningdek, Rossiya prezidentining tashqi siyosat boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakovning bayonoti bilan esa bu shubhalar yanada kuchaygan.
“Moskva Kiyev bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar stoliga oʻtirish niyatida emas. Hozircha hech kim bu taklifni jiddiy muhokama qilmayapti”, — degan Ushakov.
AQSH davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralarda oldinga siljish borligini, ammo qilinishi kerak boʻlgan ishlarning eng qiyini oldinda ekanini taʼkidlab, shaxsan oʻzi Mayami muzokaralarida ishtirok etishi mumkinligini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring