Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Tovar ayirboshlash surʼati barqaror ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda, yirik infratuzilmaviy loyihalar, shu jumladan “Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻli va Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilishi boʻyicha birgalikdagi ishlar davom ettirilmoqda.
Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring