Mobil laboratoriyaning qanday afzalligi bor?
“Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiali tomonidan maxsus avtotransportga oʻrnatilgan mobil laboratoriya yordamida 1343 km uzunlikdagi yer osti gaz quvurlari tekshirildi. Buning natijasida 398 ta gaz sizib chiqish holati aniqlanib, 2,4 million metr kub tabiiy gaz yoʻqotilishining oldi olindi.
Mazkur mobil laboratoriyaning asosiy afzalligi bir vaqtning oʻzida yer osti va yer usti gaz quvurlarini aniqlik bilan tekshirish imkoniyatini beradi. Oddiy holatda chilangar bir kunda piyoda bor-yoʻgʻi 10 km masofani tekshirishi mumkin boʻlsa, mobil laboratoriya yordamida 80 kmgacha quvurlar bir kunda koʻzdan kechiriladi.
Natijada nafaqat vaqt, balki ishchi kuchi ham tejaladi, gaz quvurlarini tekshiruvlarning aniqligi oshadi va rejalashtirilgan vazifalar toʻliq bajarilishiga erishiladi.
Odilbek ODAMBOYEV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring