Mirziyoyev vertolyotda Buxorodagi kuchli shamol sabab zarar yetgan hududda qilingan ishlarni koʻzdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Buxoro viloyatiga kelib, vertolyotda Olot tumaniga yoʻl oldi.
Bu – hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan joriy yilgi birinchi tashrif. Va u mazkur chekka tumandan boshlanayotgani bejiz emas.
2020-yil 27-aprel kuni Buxoro viloyatiga janubdan kuchli shamol kirib kelgan edi. Uy-joylar, infratuzilma va ekinlarga katta zarar yetkazgandi.
Davlatimiz rahbari zudlik bilan u yerga yetib borib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish, turar joylar va ijtimoiy obyektlarni taʼmirlash boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Qisqa muddatda zarur ishlar bajarilib, hayot oʻz maromiga qaytdi.
Bu galgi safar chogʻida Prezident vertolyotda ushbu ishlar qamrovini koʻzdan kechirdi.
Xususan, Olot, Qorakoʻl, Jondor, Romitan, Peshku va Shofirkon tumanlarida 45 mingta uy, 204 ta koʻp qavatli turar joy taʼmirlangan. Mingdan ortiq ijtimoiy soha va tadbirkorlik obyektlari, yoʻllar, elektr, gaz va aloqa tarmoqlari tiklangan.
Ayni paytda davlatimiz rahbari shu yerlik aholi bilan muloqot qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring