Milliy taomlarimizni xorijda tanitayotgan restoratorlar qoʻllab-quvvatlanadi – Shavkat Mirziyoyev

12:17 02 May 2025 Siyosat
75 0

Viloyatda gastronomik turizmni rivojlantirish uchun ham katta salohiyat borligi taʼkidlandi.

“Arda Xiva” majmuasiga viloyatlardan bittadan restorator olib kelish, Xiva shahrining Mevaston va Gazchi mahallalarida bir necha restoranlardan iborat 2 ta zamonaviy “fud-kort” tashkil qilish muhimligi qayd etildi.

Milliy taomlarimizni xorijda tanitayotgan restoratorlar qoʻllab-quvvatlanadi.

Mutasaddilarga xorijda oʻzbek restoranlarini tashkil qilishda roʻyxatdan oʻtish, ruxsatnoma va faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Xorazmda 40 dan ortiq hunarmandchilik yoʻnalishlari rivojlangan boʻlib, sayyohlar mahsulot tayyorlash jarayoniga ham qiziqadi.

Shu munosabat bilan Mevaston mahallasida 6 gektar yerda Hunarmandchilik markazi tashkil etiladi.

Har yili hunarmand shogirdlarni tayyorlashga 1 milliard soʻm ajratib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер