Mikst-infeksiya nima? — dolzarb savollarga aniq javoblar berildi

14:56 06 Oktyabr 2020 Jamiyat
1666 0

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi. Unda aholidan tushgan savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:

Savol: Mikst-infeksiya nima, tushuntirib bersangiz.

Javob: Mikst-infeksiya — bir paytning oʻzida ikkita infeksiya, masalan, koronavirus+gripp, koronavirus+qizamiq, koronavirus+paragripp, koronavirus+ oʻtkir respirator kasalliklarning birga uchrashi.

Hozirda havo tomchisi infeksiyalari avj oladigan mavsum boshlanmoqda. Tabiiyki, mikst-infeksiya holatlari kuzatilishi ehtimoli yuzaga keladi.

Savol: Koronavirusdan keyin baʼzi shaxslarda ancha vaqtgacha u yoki bu klinik belgilar, masalan, nafas yetishmovchiligi, holsizlik, terlash, ishtahaning yoʻqligi saqlanib qolyapti. Bu odamlar keyinchalik qanday yoʻl tutishi kerak?

Javob: Albatta bu masala oʻta jiddiy va sogʻliqni saqlash tizimi kun tartibida turibdi. Koronavirusga chalingan va yondosh kasalliklari boʻlgan shaxslar uchun alohida shifoxonalarni ajratish, kasallik ogʻir va oʻrta ogʻir kechgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlarini ochish, hozirning oʻzida bir necha shifoxonalarni aynan faoliyatning shu turi bilan shugʻullanishga oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер