Migratsiya agentligi Voronejda oʻzbekistonlik ustalarning qoʻlga olinishi yuzasidan izoh berdi

16:25 23 Iyun 2024 Jamiyat
514 0

Foto: Videodan kadr

Avvalroq Rossiyaning Voronej shahrida xavfsizlik kuchlari tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida 45 nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olingani haqida xabar berilgan edi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat yuzasidan izoh berdi.

Maʼlum boʻlishicha, videoda aks etgan holat joriy yilning 7-iyun kuni Voronej shahridagi «Razvitiye» qurilish hududida yuz bergan.

Reyd tadbiri oʻtkazilgan ushbu qurilish hududida 45 nafar Oʻzbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlib, ularning 12 nafari norasmiy ishlagan.

Aniqlanishicha, norasmiy ishlaganlarning 11 nafariga nisbatan patent muddati oʻtib ketgani sababli jarima shaklida maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilib, shu kunning oʻzida vaqtincha yashash joyiga ruxsat berilgan. Shuningdek, yana 1 nafar fuqaro hech qanday hujjatlarsiz ishlagani sababli hozirda mamlakat hududidan deportatsiya qilinmoqda.

«Shu oʻrinda, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilish hamda migratsiya qonunchiligini buzmaslik soʻraladi», deb yozadi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер