Metrologiya sohasida tahsil oluvchi talabalar uchun maxsus stipendiya taʼsis etiladi
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, metrologiya sohasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
- oʻlchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechgan holda, qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida verifikatsiyalash tizimi joriy etiladi;
- sanoatda foydalanilayotgan va mahsulot sifatiga bevosita taʼsir qiladigan oʻlchash vositalari kalibrlashga oʻtkaziladi va standart namunalarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bekor qilinadi;
- kalibrlash laboratoriyalarining Xalqaro tarozi va oʻlchashlar byurosi bazasida eʼtirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari qayd etilgan yoʻnalishlari akkreditatsiyadan oʻtishdan ozod qilinadi.
Shuningdek, 2026/2027 oʻquv yilidan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun:
- “Maxsus stipendiya” taʼsis etiladi;
- rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqining texnik jihatdan tartibga solish (Technical Regulation) tizimini oʻrganish modeli asosida dars soatlari joriy qilinadi;
- soʻnggi 2-yilni xorijiy universitetda davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” shaklidagi qoʻshma taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring