Mani “aybim” bor, man ham toshkentlikman — Sherzod Shermatov toshkentlik yoshlar erka boʻlib ketgani haqida gapirdi
Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasida tashkil qilingan uchrashuvda yoshlar masalalariga toʻxtalib oʻtdi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat AHATOVA xabar berdi.
Uchrashuvda vazir yoshlardan 5 tashabbus harakatini maktablarda kengroq joriy qilish yuzasidan takliflar soʻraganida, bir yosh axborot texnologiyasi sohasida tanlovlar oʻtkazish va unda yoshlarni shahar yoshlari va qishloq yoshlari toifasiga boʻlishdi soʻradi. Ishtirokchining fikricha, qishloqlarda oʻqiyotgan yoshlar bu yoʻnalishda ancha orqada qolmoqda va bu kabi tanlovlarda asosan toshkentliklar gʻolib boʻlmoqda.
“Meni «aybim” bor, men ham toshkentlikman. Lekin toshkentliklar mendan xafa boʻlmasin tanlovlarda toshkentliklar yutayotgani yoʻq. Hammasi asosan hududlardan yutyapti. Chunki toshkentliklar xafa boʻlmasinu, koʻpchiligi erka boʻlib ketgan.
Hamma sharoiti bor oʻqimaydi, ishlamaydi.Uyda WiFi bor, plansheti bor, telefoni bor, notbuki bor, lekin oʻqimaydi, harakat qilmaydi», dedi vazir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring