Men buning bajarilishini shaxsan nazorat qilib boraman — Saida Mirziyoyeva
Prezidentimizning transport tizimini modernizatsiya qilishga oid qarorini hayotga tatbiq etish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Maʼlum qilinishicha, buning uchun maxsus tuzilgan Yoʻl harakatini tashkil etish markazi kecha, 26-fevral kuni Toshkent shahridagi tirbandliklar va ekologiya masalalarini hal qilish, shuningdek, umuman, jamoat transporti nazorati boʻyicha taqdimot oʻtkazgan.

Berilgan hisobotlarga koʻra, bugun-erta “aqlli” svetoforlarni oʻrnatish, yoʻllarga standartlarga mos chiziqlar tortish hamda avtoturargohlarni toʻgʻri tashkil qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlanadi.

“Umid qilamanki, shahar hokimi boshchiligidagi jamoa qarorning ijrosini toʻlaqonli taʼminlashga bor kuch va imkoniyatini qaratadi. Men buning bajarilishini shaxsan nazorat qilib boraman”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Mirziyoyeva, shuningdek, poytaxt uchun oʻta muhim, juda zarur boʻlgan ushbu loyihani amalga oshirishda jamoaga muvaffaqiyat tilagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring