Majburiy ijro byurosi 15 oyda salkam 22 trln soʻm qarzdorlikni undirdi
2017 yilning iyunidan 2018 yilning sentyabrigacha Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatlari boʻyicha 21,9 trillion soʻm miqdoridagi qarzdorliklarning undirilishi taʼminlandi. Bu haqda Byuro direktori Botir Qudratxoʻjayev “Xalq soʻzi“ga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Byuro rahbarning qayd etishicha, bu avvalgi xuddi shunday davrga nisbatan 6,6 trillion soʻmga koʻproq demakdir.
Maʼlumotlarga koʻra, shuningdek, kommunal xizmatlar uchun byuro xodimlari tomonidan isteʼmolchilardan 29,5 trillion soʻm undirib olingan. Shuning 15,4 trillioni — elektr energiyasi, 13,2 trillioni — tabiiy gaz, 834,6 milliard soʻmi — suv isteʼmoli uchundir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring