Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
Illyustrativ foto
Sogʻliqni saqlash vazirligi «Salomatligi sababli xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar va holatlar roʻyxati loyihasi«ni jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qildi.
Unga koʻra, jami 17 ta kasallik va holatda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
- umrov va toʻsh suyagi sinishi;
- yelka kamari sinishi;
- qovurgʻalar sinishi;
- umurtqa pogʻonasining interstitsial sinishi;
- oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich);
- bronxial astma (IV bosqich);
- oʻpkaning interstitsial zararlanishi;
- oʻpkaning bir qismi yoki butun qismini (chap yoki oʻng) olib tashlanishi;
- surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi;
- III darajali (morbid) semizlik (BMI ≥ 40);
- past boʻylik (nanizm) — 150 sm dan past;
- qoʻl yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar;
- terining koʻkrak qismida joylashgan ogʻir allergik yoki dermatologik kasalliklarining ogʻir shakllari (ekzema, psoriaz);
- koʻkrak yoki yelka sohasida protez yoki implantlar qoʻyilishi;
- koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻiga oʻtkazilgan ochiq turdagi operatsiyalar;
- stomalar (sunʼiy chiqish yoʻli) qoʻyilishi;
- koʻkrak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (oʻsma).
Shuningdek, homilador ayollar ham xavfsizlik kamarini taqmasligi mumkin boʻladi.
Fuqaro yuqoridagi kasalliklar bilan xastalangani boʻyicha “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi orqali shakllantirilgan QR-kodli elektron tibbiy maʼlumotnomalar oʻzi biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan beriladi.
Hujjat hali kuchga kirgani yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring