Martdan Toshkentdagi Puchon universitetida qabul boshlanadi. “Kontrakt” narxi qancha?
Joriy yilning 2-martidan Toshkent shahridagi Puchon universiteti((BUT- Bucheon University in Tashkent))ga kirishni xohlaydigan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish boshlanadi.
Abituriyentlar bakalavriatning uch yoʻnalishidan biri(maktabgacha taʼlim(kunduzgi yoki kechki boʻlimlar), arxitektura, koreys tili va menejmenti)ga hujjat topshirishlari mumkin.
Hujjatlar ham oflayn, ham onlayn shaklda 27-martgacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari 8-apreldan boshlansa, natijalar 1-mayda eʼlon qilinadi.
“Kontrakt” narxi qancha?
Maktabgacha taʼlim(3+1) – yiliga 2,200 dollar
Uch yil Toshkentda taʼlim, yakunda Puchon universiteti BUT bakalavr diplomi va Associate Bachelor Degree(darajasi) beriladi;
Talaba xohishiga qarab oʻqishni Koreyada davom ettirishi va toʻrtinchi kurs yakunida Puchon universiteti bakalavr diplomini olishi mumkin.
Koreys tili va menejmenti(2+2) – yiliga 3300 dollar
Ikki yillik toshkentda oʻqish, yakunda Puchon universitetining ikkita Associate bachelor degree BUT va Associate Bachelor Degree diplomlari beriladi.
Agar talaba Toshkentda taʼlim olishni davom ettirishga qaror qilgan boʻlsa, 3 va 4-kurslar yakunida BUT bakalavr diplomi beriladi;
Agar talaba Janubiy Koreyada oʻqishni davom ettirishga qaror qilib, 3 va 4-kurslarni muvaffaqiyatli tamomlasa, Puchon universiteti bakalavr diplomi beriladi.
Arxitektura(3+1) – yiliga 3300 dollar.
Uch yil Toshkentda taʼlim, yakunda Puchon universitetining ikkita Associate bachelor degree BUT va Associate Bachelor Degree diplomlari beriladi;
Agar talaba toʻrtinchi kursda ham Toshkentda taʼlim olishni davom ettirishga qaror qilgan boʻlsa, uni muvaffaqiyatli tamomlashi bilan BUT bakalavr diplomi beriladi;
Talaba oʻqishni Koreyada davom ettirmoqchi boʻlsa, uni muvaffaqiyatli yakunlashi bilan Puchon universiteti bakalavr diplomini olishi mumkin.
Taʼlim narxi, qabul kvotalari, taʼlim tizimi va yozma imtihondan ozod etish shartlari haqida ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring