Marokash terma jamoasi aʼzolari jahon chempionatidagi ishtiroki uchun olgan mukofot pullarini xayriya qildi
Foto: Reuters
Marokash terma jamoasi aʼzolari Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionatidagi ishtiroki uchun oladigan mukofot pullarini kambagʻal vatandoshlariga xayriya qildi.
Bu haqda jurnalist Xolid Beydun xabar qildi. Uning aytishicha, pul kambagʻal vatandoshlarga yordam berish uchun yoʻnaltiriladi. Jamoaning turnirdagi ishtiroki uchun 25 million dollar mukofot puli ajratilgan.
15-dekabr kuni terma jamoa yarim himoyachisi Hakim Ziyesh jahon chempionatidagi ishtiroki uchun ajratilgan mukofot pulini xayriya qilgani maʼlum boʻlgan edi. Futbolchi 2015-yildan beri terma jamoada oʻynagani uchun pul olmaydi. U oʻyinlardan tushgan barcha mablagʻni xayriya ishlariga sarflaydi.
Marokash terma jamoasi jahon chempionatida yarim finaliga qadar yetib keldi va bu bosqichda fransuzlarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bungacha Afrikaning biror terma jamoasi jahon chempionatining bu bosqichiga chiqa olmagandi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda marokashliklar xorvatlarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring