Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi doirasida “Qaror qabul qilish jarayonida ayollarning ishtiroki: huquqlar, imkoniyatlar va masʼuliyat” mavzusidagi birinchi sessiya oʻz ishini boshladi
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi doirasida “Qaror qabul qilish jarayonida ayollarning ishtiroki: huquqlar, imkoniyatlar va masʼuliyat” mavzusidagi birinchi sessiya oʻz ishini boshladi.
Sessiyada Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston parlament hamda jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari qatnashmoqda.
Mazkur sessiyada Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi O.Kozixonova moderatorlik qildi.
Sessiya doirasida ayollarning siyosiy va ijtimoiy qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtiroki, ularning mansab salohiyatini yuksaltirish, imkoniyatlarni kengaytirish hamda rahbarlik lavozimlarida masʼuliyatni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Tadbirni “BMT-ayollar” tashkilotining Markaziy Osiyo boʻyicha vakolatxonasi rahbari Cheren Gyuven Gyuresh oʻz maʼruzasi bilan ochib berdi.
U mintaqada ayollarning siyosiy hayotdagi ishtiroki ortib borayotganini qayd etdi, ammo keng koʻlamli islohotlar hali ham davom etishi zarurligini taʼkidladi.
Soʻzga chiqqanlar ayollarning parlament, ijro hokimiyati va mahalliy Kengashlardagi ulushini amaliy mexanizmlar orqali oshirish, gender kvotasi va muvozanatini taʼminlashning samarali vositalarini joriy etish masalalariga eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, xotin-qizlarning siyosiy ishtiroki uchun qonuniy kafolatlarni yanada mustahkamlash zarurligi hamda ayollarning siyosiy faolligini cheklayotgan madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni bartaraf etishga ham urgʻu berildi.
Sessiya qatnashchilari ayollarning qaror qabul qilish jarayonidagi ishtiroki adolat va tenglikning oʻziga xos talabi boʻlish bilan birga, mamlakatlar barqaror taraqqiyotga erishishida asosiy omili ekanini taʼkidladi.
Muhokama yakunida ayollarning rahbarlik lavozimlariga tayyorlash, siyosiy taʼlim va liderlik dasturlarini kengaytirish, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega qizlar va ayollar jamoalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator takliflar ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring