Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlari uchinchi yigʻilishining Qoʻshma deklaratsiyasi qabul qilindi
“Inson qadrini ulugʻlash, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻlida hamkorlik” mavzusidagi Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yigʻilishi oʻz ishini yakunladi.
Yalpi majlis va sessiyalar doirasida inson qadrini ulugʻlash, ijtimoiy adolatni taʼminlash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha parlamentlar oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga, iqtisodiy hamkorlik va raqamli transformatsiya yoʻnalishlari boʻyicha fikrlar bildirilib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, innovatsion yechimlarni joriy etish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. Ekologiya va “yashil” siyosat masalalarida iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik qonunchilikni takomillashtirish hamda ushbu yoʻnalishda parlament nazoratini kuchaytirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Uchrashuvda inson huquqlari va gender tenglikni taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Ishtirokchilar gender tenglik, yoshlar siyosati, taʼlim va madaniy almashinuvlarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni davom ettirish taklifni bildirdi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlari uchinchi yigʻilishining Qoʻshma deklaratsiyasi ham qabul qilindi.
Kelgusida parlament diplomatiyasini kuchaytirish, qonunchilik boʻyicha ilgʻor tajribalar bilan almashish va muloqot maydonlarini kengaytirish boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining navbatdagi — IV yigʻilishini 2026-yilda Qozogʻiston Respublikasida oʻtkazish nazarda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring