“Maʼrifat karvoni” tadbirlari doirasida respublika ilmiy-amaliy seminari oʻtkazilmoqda

“Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida Respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari doirasida navbatdagi muhim qadam sifatida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Oʻzbekiston olimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy taʼlim tashkilotlari va qator soha vakillari ishtirok etdilar. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalarini boyitish va takomillashtirish boʻyicha fikr va takliflarni oʻrganish, dolzarb ilmiy masalalarni muhokama qilish maqsadida oʻtkazildi.
Maʼlumki, joriy yilning 11-mart kuni mazkur markaz ekspozitsiyalarini rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilishda bir qator vazifalar belgilangan va ularni amalga oshirish yuzasidan maxsus “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan edi.
Shuningdek, seminarda islom sivilizatsiyasiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk allomalarimizning yurtimiz va xorijiy davlatlarda saqlanayotgan qoʻlyozma va toshbosma asarlarini aniqlash, oʻrganish, ularni toʻplash hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish boʻyicha aniq yoʻnalish va vazifalar muhokama qilindi. Bu borada “Sivilizatsiyalar – shaxslar – kashfiyotlar” konsepsiyasi asosida 5 ta boʻlim va 9 ta yoʻnalishni qamrab olgan 800 dan ortiq ilmiy-innovatsion loyihalar ishlab chiqilgani, ular boʻyicha ishchi guruhlar shakllantirilgani qayd etildi.
Hozirda 2000 dan ziyod mahalliy va xorijiy olimlar, rassomlar, dizaynerlar, hunarmandlar hamda boshqa sohalar mutaxassislari ushbu yirik loyihalar atrofida birlashgan boʻlib, ular tomonidan ishlab chiqilgan texnik topshiriqlar muhokamadan oʻtkazildi va eng maʼqullangan takliflar asosida shartnomalarni imzolash jarayoni boshlandi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat yurtimiz, balki butun musulmon olamidagi eng yirik ilmiy-maʼrifiy va madaniy megaloyihalardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Ushbu markazning asosiy maqsadi — bebaho maʼnaviy merosimizni asrab-avaylash, uni ilmiy jihatdan oʻrganish va keng jamoatchilikka targʻib qilish, tarixiy xotirani tiklash, intellektual salohiyatni boyitish va bu asosda yosh avlodni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring