Marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Oʻzining serqirra faoliyati hamda beqiyos ilmiy-maʼrifiy merosi bilan islomiy tafakkur va madaniyatni ravnaq toptirish, muqaddas dinimizning ulugʻ insoniy gʻoyalarini xalqimizga yetkazish, mashhur ulamolarimizning bebaho asarlarini chuqur tadqiq etish, turli mamlakat va oʻlkalarda keng targʻib qilish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yoʻlga qoʻyish, millat va elatlar oʻrtasida hamjihatlik va ahillikni mustahkamlash, jamiyat hayotida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissasi, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi alohida xizmatlari uchun Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring