Margʻilonda ilk bor inklyuziv ijodiy festival tashkil etildi
Margʻilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Margʻilondagi “Zamin Creative” studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi.

Festival yoshlarga birgalikda ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat boʻldi. Media yoʻnalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda “Nigoh” koʻrgazmasini tayyorladi. Yosh aktyorlar oʻzlarining sahna koʻrinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni koʻtardilar. Yosh dizaynerlar “birgalikda, bir butun boʻlish” gʻoyasini asos qilib, milliy quroq usuli, yaʼni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish anʼanasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdilar.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish sari yoʻlda toʻliq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring