Maradonaning oʻlimida ayblangan shifokorlar 25 yilga qamalishi mumkin

Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona vafotidan soʻng uni davolagan shifokorlar sudga tortiladi. Sud jarayoni 5-mart kuni boshlanib, tibbiyot xodimlariga nisbatan “beeʼtiborlik va nomaqbul davolash oqibatida oʻlimga sababchi boʻlish” ayblovi qoʻyilgan. Agar ular aybdor deb topilsa, sakkiz yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Diego Maradona 2020-yil 25-noyabrda 60 yoshida vafot etgan edi. Biroz avval u miyadagi qon tomiri trombi sababli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan va uy sharoitida tiklanish jarayonini oʻtkazayotgan edi. Shuningdek, u alkogol va giyohvandlik moddalaridan voz kechishga qaratilgan davolash kurslarini ham olgan.
Gap shundaki, 2021-yilda mustaqil ekspertlar komissiyasining shifokorlarning harakatlarini “nomaqbul va beparvolik” deb baholashidan soʻng ortidan Argentina prokuraturasi surishtiruv boshlagandi. Ularga koʻra, Maradona shifoxona sharoitida malakali tibbiy yordam olganida, uning yashab ketish imkoniyati yuqori boʻlardi.
Sudlanuvchilar qatorida Maradonaning shaxsiy neyroxirurgi Leopoldo Luk, uning ruhshunosi va bir necha hamshiralar bor. Ularning barchasi oʻz aybini rad etmoqda.
Prokuratura maʼlumotlariga koʻra, tibbiyot xodimlari futbolchining salomatligi ogʻir ekanini bilardi, ammo u uchun malakali tibbiy yordam tashkil etilmagan. Xususan, uning uyida defibrillyator va alkogolizm hamda giyohvandlikka ixtisoslashgan vrachlar yoʻq edi.
Maradonaning oʻlimi Argentina jamoatchiligida jiddiy aks-sado berdi. Futbolchining qarindoshlari va advokatlari uning oʻlimini tibbiy beparvolik oqibati deb baholamoqda.
Futbol afsonasining soʻnggi kunlari haqidagi ovozli va yozma xabarlar tarqalgan boʻlib, ularda vrachlar va yaqinlar orasida uning salomatligi haqidagi muhokamalar keltirib oʻtilgan. Ushbu xabarlarda tibbiyot xodimlari Maradonaning qizlarini uning ahvoli haqida bexabar qoldirgani aytiladi.
Bu jarayon Argentina tarixida eng shov-shuvli tibbiy sud ishlaridan biriga aylanishi mumkin. Sud jarayonida 100 dan ortiq guvohlar, jumladan, Maradonaning oila aʼzolari, sobiq murabbiylari va vrachlari ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring