Maqsadli va tizimli malaka oshirish — davlat xizmatchisi faoliyat samaradorligini oshiradi
Ayni kunlarda respublika boʻylab oʻrta va quyi boʻgʻin rahbar kadrlari malaka oshirmoqda. Bugunga kadar 1 ming 600 nafarga yaqin kadrlar malaka oshirdi.
Taʼkidlash kerakki, bugun davlat xizmati barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligini taʼminlash — davlat xizmatchisining kasbiy tayyorgarligi, bilim va koʻnikmasiga bogʻliq.
«Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida»gi Qonunda ham davlat fuqarolik xizmatchilari oʻzining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shartligi belgilangan.
Shu maqsadda, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududlardagi filiallarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan oʻrta va quyi boʻgʻin rahbar kadrlarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
— Har qanday davlat fuqarolik xizmatchisi, har kun natija koʻrsatishi uchun kasbiy bilimlarini rivojlantirib borishi kerak. Bugungi malaka oshirish kurslarining dasturlari soha va tarmoqlardagi davlat xizmatchilarining zaruriy ehtiyojlaridan kelib chiqib tayyorlanmoqda. Ushbu Dasturimiz ham tinglovchilarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi bilimlarni oshirishga, milliy qadriyatlarini mustahkamlashga, shaxsiy va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan, — deydi Agentlik masʼul xodimi Oybek Sayidumarov.
60 soatga moʻljallangan maxsus kurslarda davlat organlari va tashkilotlarining oʻrta va quyi boʻgʻinida faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlarning nazariy bilim va boshqaruv koʻnikmalari rivojlantirilmoqda.
Mashgʻulotlarda tashkilotchilar davr shiddat bilan oʻzgarayotgani, xalqning va hukumatning bugungi talablarini anglagan holda, tezkor javob berish, davlat xizmati imijini oshirishda xizmatchilar oldida turgan muhim vazifalar haqida tushuncha bermoqda.
Oʻquvlar davomida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi, korrupsiyaga qarshi kurash, davlat xizmatini raqamlashtirish, boshqaruv mahorati kabi yoʻnalishlarda mashgʻulot va treninglar ham tashkil etilmoqda.
Yakunda nomzodlarning bilim darajalari test sinovlari, shaxsiy va kasbiy koʻnikmalari esa psixodiagnostik testlar orqali baholanadi. Ushbu seminarlar nafaqat malaka oshirish, balki davlat fuqarolik xizmatchilarining oʻzaro muloqot va tajriba almashish maydoniga ham aylanmoqda.
Gulchehra ASHUROVA.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring