Mamlakatimizdagi birinchi xususiy GES ishga tushirildi

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Ulugʻnor tumanida respublikamizdagi birinchi xususiy GES oʻz faoliyatini boshladi. U bir yilda 5,2 million kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yangi loyiha tufayli 2000 ta xonadon uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlandi.
— Kuz-qish mavsumida xonadonlarimizda elektr energiyasida uzilishlar kuzatilib turardi, — deydi mehnat faxriysi Sohibjon Shokirov. — Ushbu GESning ishga tushirilishi natijasida bu boradagi muammolarimiz ortda qoldi. Bu respublikamiz mustaqilligining 33 yillik sanasi arafasida ulugʻnorliklar uchun haqiqiy bayram sovgʻasi boʻldi.
Andijon viloyatida yana 26 ta ana shunday loyihalarni ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring